Выберите язык

Bugungi kunda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalasi jamiyatda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bozor va savdo nuqtalarida mahsulot sifati, uni almashtirish yoki qaytarish bilan bog‘liq holatlarda turli kelishmovchiliklar uchrab turadi. Qonunchilikda belgilangan tartiblarga rioya etmaslik esa iste'molchilarning haq-huquqlari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shunday holatlardan biri Qo‘qon shahrida kuzatilib, mutaxassislar aralashuvi orqali adolat tiklandi.

Qo‘qon shahridagi buyum bozoridan 750 000 so‘mlik kiyim-kechak mahsulotini sotib olgan Andijon viloyatilik iste'molchi X.M.ning sotuvchiga mahsulotni almashtirish so‘rovi bilan murojaat qilganida rad javob olganligi xususidagi ichki ishlar idorasi ishonch telefoniga qilgan murojaati masalaning tegishliligi bo‘yicha Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda sotuvchiga "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari" bo‘yicha xaridorga tovarning qandaydir iste'mol xususiyati (rangi, o‘lchami, fasoni va b.) to‘g‘ri kelmagani vaji bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha qonunchilik talablari tushuntirildi. Qonunchilik to‘g‘ri talablarini tushunib yetgan sotuvchi esa o‘z navbatida iste'molchidan mahsulotni qaytarib olib, 750 000 so‘m pulini iste'molchiga qaytardi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening