Выберите язык


Iste’molchilar huquqlari – ishonchli himoyada
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Toshkent viloyati hududiy birlashmasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Mahalla raislarini malaka oshirish o‘quv kursida 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Unda mahalla raislari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Toshkent viloyati hududiy birlashmasi ijrochi direktori Shuhratjon Rajapov tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularni qonuniy hal etish, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, iste’molchilar ko‘pincha savdo, xizmat ko‘rsatish, onlayn savdo, sifatga javob bermaydigan mahsulotlar hamda xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani ta’kidlandi. Shu bois aholiga o‘z huquqlarini bilish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish hamda qonunchilikda belgilangan imkoniyatlardan foydalanish muhim ekani alohida qayd etildi.
Davra suhbati jarayonida mahalla raislari tomonidan ham iste’molchilar duch kelayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, joylarda uchrayotgan ayrim kamchiliklar, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Mutaxassislar esa ushbu masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda mahalla institutining o‘rni muhim ekanini ta’kidlashdi.
Tadbir yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish muhim ekani qayd etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening