Выберите язык

Un-non va non mahsulotlarini tayyorlashda asosiy vosita sanalib, turiga ko’ra qator navlarga bo’linadi. Navlar bo’yicha to’liq ma’lumot ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot qadog’ida ko’rsatilishi kerak.

Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.R mahalliy ishlab chiqarish tsexidan, tegirmondan 20 qop, 1 tonna miqdordagi 1-navli un mahsulotini xarid qilgan. Ammo foydalanish mobaynida, qoplarda aslida 2-nav un mavjudligi, qadoqlashda xato ketganligini anglagan.

Bu bo’yicha mas’ullar bilan murosa qila olmagach, amaliy yordam so’rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan. Birlashma mas’ul xodimlarining murojaatni o’rganishi ortidan iste’molchi e’tirozi o’z tasdig’ini topib, 2-navli 20 qop, umumiy qiymati 3 600 000 so’mlik un 1-navdagisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening