Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔹 Ana shunday murojaatlardan biri O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Telegram boti orqali kelib tushdi.
MUROJAATDA NIMA BAYON ETILGAN?
2026-yil 28-oktabr kuni kelib tushgan murojaatda fuqaro 2026-yil 24-oktabr kuni “Energo dight” MChJ xodimlari uning xonadoniga kelganini ma’lum qilgan.
Fuqaroning ta’kidlashicha, korxona xodimlari hech qanday xizmat ko‘rsatmasdan, uning uyda yo‘qligidan foydalanib, shaxsiy telefonlariga suratga olishgan va go‘yoki xizmat ko‘rsatilganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirishgan.
Oqibatda iste’molchiga nisbatan 172 000 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
QONUNIY O‘RGANISH — IJOBIY NATIJA!
⚖️ Mazkur murojaat mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. Jarayon davomida “Energo dight” MChJ rahbariyati va mas’ul xodimlariga iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅ Natijada fuqaroning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan holat bartaraf etilib, 172 000 so‘mlik asossiz qarzdorlik bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi.
🤝 Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi murojaatlar e’tibordan chetda qolmasligi, har bir murojaat ortida inson manfaatlari va qonuniy huquqlari turishini yana bir bor namoyon etadi.
📢 ESLATIB O‘TAMIZ!
Agar siz ham xizmat ko‘rsatish jarayonida huquqlaringiz buzilishiga duch kelsangiz, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qiling.
📞 Federatsiyaning ishonch telefoni: 1091.
📲 Telegram bot orqali ham murojaat yo‘llashingiz mumkin!
172 MING SO‘MLIK ASOSSIZ QARZDORLIKKA CHEK QO‘YILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 204
























