Turizm xizmatlari uçun oldindan tölov qilgan isteʼmolçilar nimalarni bilişi kerak?
Sönggi yillarda Özbekistonda turizm sohasi jadal rivojlanib, fuqarolarning içki va xorijiy sayohatlarga bölgan qiziqişi ortib bormoqda. Turfirmalar tomonidan turli mamlakatlarga sayohatlar, ziyorat turlari, dam oliş maskanlari, mehmonxonalarda yaşaş va boşqa turistik xizmatlar taklif etilmoqda.
Bunday xizmatlarning aksariyati uçun fuqarolar şartnoma tuziş vaqtida yoki safar boşlanişidan ança oldin tölovni amalga oşiradilar. Ammo hayotda turli holatlar yuzaga kelişi mumkin: kimdir oilaviy şaroiti sababli safarga bora olmay qoladi, boşqa birovning rejalari özgaradi, ayrim hollarda esa turfirmaning özi belgilangan xizmatlarni taqdim eta olmaydi.
Şunday vaziyatlarda isteʼmolçilarni bir savol qiziqtiradi: turistik xizmat uçun oldindan tölangan pulni qaytarib oliş mumkinmi? Turfirma şartnomani bekor qilişga rozi bölmasa, nima qiliş kerak?
Bu savollarga javob topiş uçun turizm sohasiga oid qonunçilik hamda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga murojaat qiliş lozim.
Turistik xizmat xaridori ham isteʼmolçi hisoblanadi
Avvalo, bir muhim jihatni bilib oliş kerak: fuqaro özining şaxsiy ehtiyojlari uçun turistik xizmat buyurtma qilsa, u qonunçilik nuqtai nazaridan isteʼmolçi hisoblanadi.
Demak, turfirma bilan şartnoma tuzgan, turistik yöllanma sotib olgan yoki sayohat uçun oldindan pul tölagan fuqaro ham isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik bilan kafolatlangan huquqlardan foydalanadi.
Bunda turistik xizmatlar körsatiş munosabatlari nafaqat isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi Qonun, balki Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan turoperator va turagentlik xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisidagi nizom hamda Fuqarolik kodeksi normalari bilan ham tartibga solinadi.
Şartnoma imzolanganidan keyin safardan voz keçiş mumkinmi?
Ha, turistik xizmat uçun şartnoma imzolangan va tölov amalga oşirilgan bölsa ham, isteʼmolçi muayyan şartlar asosida şartnomani bekor qilişni talab qilişi mumkin.
Biroq bu yerda muhim huquqiy farq bor.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga köra, haq evaziga xizmat körsatiş şartnomalariga sayyohlik xizmatlari ham kiradi.
Kodeksning 707-moddasida esa buyurtmaçi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom tölaş şarti bilan haq evaziga xizmat körsatiş şartnomasini bekor qilişni talab qilişga haqli ekanligi belgilangan. Bunda şartnoma ijroçining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan holatlar bundan mustasno.
Bu normani töğri tuşuniş muhim: agar turist öz xohişi bilan, turfirmaning şartnoma böyiça majburiyatlarini buzmagan holda safardan voz keçsa, tölangan mablağning töliq qaytarilişi har doim ham talab qilinişi mumkin emas. Masala şartnomaning huquqiy xususiyati, uni bekor qiliş asoslari va tomonlarning majburiyatlaridan kelib çiqib hal etiladi.
Şu sababli, safardan voz keçiş niyati paydo bölgan zahoti turfirmaga yozma ravişda murojaat qiliş, şartnomani bekor qiliş va özaro hisob-kitobni amalga oşiriş masalasini rasmiylaştiriş zarur.
Qaysi holatlarda pulni qaytarişni talab qiliş mumkin?
Amaliyotda bu masalani bir neçta holatga ajratib körib çiqiş maqsadga muvofiq.
1. Turfirma şartnomadagi xizmatlarni körsatmasa yoki majburiyatlarini buzsa.
Masalan, fuqaro xorijiy davlatga sayohat qiliş uçun pul töladi. Şartnomada aviaçipta, mehmonxonada yaşaş, ovqatlaniş va ekskursiya xizmatlari nazarda tutilgan. Biroq turfirma belgilangan muddatda safarni taşkil etmadi yoki kelişilgan xizmatlarni taqdim etmadi.
Bunday holatda isteʼmolçi öz huquqlarini himoya qiliş uçun qonuniy asoslarga ega böladi.
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq, ijroçi xizmat körsatişni şartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda amalga oşirişi şart.
Agar ijroçi xizmat körsatişga öz vaqtida kirişmasa yoki uni belgilangan muddatda bajarmasligi aniq bölib qolsa, isteʼmolçi şartnomadan voz keçiş va yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilişga haqli.
Şuningdek, xizmat şartlari jiddiy buzilgan yoki jiddiy nuqsonlarga yöl qöyilgan taqdirda isteʼmolçi şartnomani bekor qiliş, zararni töliq qoplaş va qonunda belgilangan boşqa talablarni qöyişi mumkin.
2. Turistik xizmatlar şartnomada belgilangan talablarga mos kelmasa.
Masalan, fuqaroga uç yulduzli mehmonxona taklif qilingan bölsa-da, amalda undan ança past darajadagi joylaştiriş vositasi taqdim etildi. Yoki şartnomada belgilangan ovqatlaniş, transport, ekskursiya va boşqa xizmatlar bajarilmadi.
Bunday vaziyatda isteʼmolçi xizmatdagi kamçiliklarni bartaraf etişni, xizmat qiymatini kamaytirişni yoki şartnomani bekor qilib, yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilişi mumkin.
Bunda şartnomada körsatilgan xizmatlar, turistik yöllanma (vauçer), tölov hujjatlari va amalda taqdim etilgan xizmatlar örtasidagi farqni tasdiqlovçi dalillar muhim ahamiyatga ega.
3. Safarni amalga oşiriş imkoniyati bölmagan favqulodda holatlar yuzaga kelsa.
Ayrim hollarda sayohat rejalaştirilgan mamlakatda xavfsizlik bilan boğliq jiddiy vaziyat yuzaga kelişi, davlat tomonidan kiriş-çiqiş çeklovlari joriy etilişi yoki turistik xizmatlarni taqdim etiş imkoniyati yöqolişi mumkin.
433-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 29-bandiga muvofiq, şartnoma tuzişda asos qilib olingan holatlar özgarganligi sababli tomonlardan har biri şartnomani özgartiriş yoki bekor qilişni talab qilişga haqli.
Şuningdek, mazkur Nizomning 31-bandiga köra, turistik xizmatlarni taqdim etiş imkoniyati bölmagan favqulodda holatlar yuzaga kelganda turoperator şartnomani bekor qiliş huquqiga ega. Guruhni şakllantiriş uçun zarur turistlar soni taʼminlanmagan holatda esa turistlarga şartnoma bekor qilinişi haqida tur boşlanişidan kamida 20 kun oldin xabar berilişi kerak.
Bunday vaziyatlarda tölangan mablağlarni qaytariş masalasi şartnoma şartlari, favqulodda holatning huquqiy oqibatlari va amaldagi qonunçilik asosida hal etiladi.
Safarga bora olmagan turistning puli qaytariladimi?
Eng köp uçraydigan holatlardan biri — turistning özi safarga bora olmay qolişi.
Masalan, fuqaro oilaviy şaroit, xizmat safari, salomatligi yoki boşqa şaxsiy sabablarga köra rejalaştirilgan sayohatdan voz keçmoqçi böldi.
Bunday holatda turfirmaga murojaat qilib, şartnomani bekor qilişni talab qiliş mumkin. Lekin Fuqarolik kodeksining 707-moddasidagi qoidaga köra, buyurtmaçi şartnomani bekor qilişda xizmatlarning belgilangan bahosini batamom tölaş majburiyatiga ega bölişi mumkin.
Şu bois, «safarga bormasam, pulning hammasini qaytarib olaman» yoki aksinça, «turfirma har qanday holatda ham pulimni uşlab qolişi mumkin» degan xulosalarning ikkalasi ham notöğri.
Masalan, turist safardan voz keçiş haqida tur boşlanişidan ança oldin murojaat qilgan bölsa, tomonlar şartnomani bekor qiliş, xizmatlarni boşqa şaxsga rasmiylaştiriş yoki boşqa sanaga köçiriş böyiça kelişuvga erişişlari mumkin.
Agar şartnomada bekor qiliş uçun alohida şartlar belgilangan bölsa, ularning qonunçilikka muvofiqligi ham baholanişi kerak.
Eng muhimi, turfirma isteʼmolçiga qonunçilikda berilgan huquqlarni çeklovçi yoki qonunga zid şartlarni öz şartnomasiga kiritiş orqali özini har qanday javobgarlikdan ozod qila olmaydi.
«Pul qaytarilmaydi» degan şartnoma bandi qonuniymi?
Ayrim turistik kompaniyalar şartnomalarida «tölangan mablağ qaytarilmaydi», «safar bekor qilinsa, pul töliq uşlab qolinadi» kabi şartlar uçraşi mumkin.
Biroq bunday bandlarning mavjudligi ular har qanday vaziyatda qonuniy hisoblanadi, degani emas.
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq, isteʼmolçining huquqlarini çeklaydigan va qonunçilikka zid bölgan şartnoma talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar bunday şartlarni qöllaş natijasida isteʼmolçiga zarar yetkazilsa, uşbu zarar ijroçi tomonidan qoplanişi lozim.
Demak, turfirma şartnomadagi «pul qaytarilmaydi» degan umumiy iboraga tayanib, qonunçilikda belgilangan isteʼmolçi huquqlarini inkor etişi mumkin emas.
Şu bilan birga, Fuqarolik kodeksining 707-moddasida buyurtmaçining öz taşabbusi bilan şartnomani bekor qilişiga oid alohida qoida mavjudligini ham unutmaslik kerak. Şuning uçun har bir nizo şartnomaning mazmuni va bekor qiliş asoslarini hisobga olgan holda baholanadi.
Turfirma safarni bekor qilsa, turist qanday huquqlarga ega?
Turistik xizmatlardan foydalanişda taşabbus har doim ham isteʼmolçi tomonidan bildirilmaydi. Baʼzan turfirmaning özi ham belgilangan safarni amalga oşira olmasligi mumkin.
Masalan:
- turistik guruhni şakllantiriş uçun yetarli iştirokçilar yiğilmasligi;
- belgilangan yönaliş böyiça safarni taşkil etiş imkoniyati yöqolişi;
- şartnomada körsatilgan xizmatlarni taqdim etişda jiddiy muammolar yuzaga kelişi.
Bunday hollarda turfirma isteʼmolçini öz vaqtida xabardor qilişi va şartnomadagi majburiyatlarini qonunçilik talablariga muvofiq bajarişi lozim.
Ayniqsa, 433-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 31-bandida guruhni şakllantiriş uçun zarur turistlar soni taʼminlanmagan taqdirda, şartnoma bekor qilinişi haqida turistlarga safar boşlanişidan kamida 20 kun oldin xabar beriş talabi belgilangan.
Bu yerda bir muhim jihatni taʼkidlaş lozim: mazkur 20 kunlik muddat turistning safardan voz keçişi uçun belgilangan umumiy muddat emas. U turoperator tomonidan guruh yetarli şakllanmaganligi sababli şartnomani bekor qiliş haqida oldindan xabar berişga taalluqli.
Agar turfirma şartnoma böyiça öz majburiyatlarini bajarmasa, isteʼmolçi tölangan mablağni qaytariş, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaşni talab qiliş huquqiga ega. Bu talablar turistik xizmatlarni körsatiş tartibi töğrisidagi Nizomning 32-bandida ham nazarda tutilgan.
Muddati ötgan turistik yöllanma uçun tölangan pulni qaytariş mumkinmi?
Bu masalada ham isteʼmolçilar bilişi kerak bölgan alohida huquqiy norma mavjud.
433-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 30-bandiga muvofiq, agar turizm mahsuloti buyurtmaçisi turoperator tomonidan taqdim etilgan majburiyatnoma amal qiliş muddati tugagunga qadar undan foydalanmasa, turizm mahsulotini sotiş töğrisidagi şartnoma bekor qilinadi.
Bunday holatda turoperator buyurtmaçi tomonidan tölangan pulni majburiyatnoma muddati tugagan kundan boşlab 10 iş kunidan keçiktirmay qaytarişi şart.
Masalan, fuqaro turfirmadan muayyan muddat davomida foydalaniş mumkin bölgan turistik mahsulotni sotib oldi va unga tegişli majburiyatnoma berildi. Fuqaro uşbu muddat içida xizmatdan foydalanmadi. Majburiyatnoma muddati tugagaç, turoperator şartnomani bekor qilişi va tölangan mablağni 10 iş kuni içida qaytarişi lozim.
Biroq bu qoidani barça turistik şartnomalarga tatbiq etiş mumkin emas. U aynan mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatnoma asosida taqdim etilgan turizm mahsulotiga taalluqli. Şuning uçun şartnoma va majburiyatnomaning mazmuniga alohida eʼtibor qaratiş zarur.
Pulni qaytarib oliş uçun isteʼmolçi nima qilişi kerak?
Agar turistik xizmatdan voz keçiş yoki turfirma majburiyatlarini bajarmaganligi sababli şartnomani bekor qiliş zarurati tuğilsa, quyidagi tartibda harakat qiliş maqsadga muvofiq.
1. Şartnomani diqqat bilan örganing.
Şartnomada uni bekor qiliş tartibi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, tölovni qaytariş şartlari, tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etiş tartibi körsatilgan bölişi kerak.
Şuningdek, turistik yöllanmada (vauçerda) qaysi xizmatlar, qanday muddatda va qanday narxda taqdim etilişi belgilanganini tekşiring.
2. Turfirmaga yozma ariza bilan murojaat qiling.
Arizada şartnomani bekor qiliş sababini, tölangan mablağ miqdorini va uni qaytariş böyiça talabingizni aniq körsating.
Agar turfirma muayyan summani uşlab qolişini bildirsa, uşbu mablağ qanday huquqiy asosda uşlab qolinayotganini va hisob-kitob qanday amalga oşirilganini yozma ravişda tuşuntirişni talab qiling.
3. Tölov va şartnoma hujjatlarini saqlang.
Quyidagi hujjatlar nizoni hal etişda muhim dalil bölişi mumkin:
- turistik xizmat körsatiş şartnomasi;
- turistik yöllanma (vauçer);
- kassa çeki, bank tölov hujjati yoki pul ötkazilganligini tasdiqlovçi maʼlumot;
- turfirma bilan yozişmalar;
- xizmatlar bajarilmaganligini yoki şartnoma şartlari buzilganligini tasdiqlovçi foto, video va boşqa dalillar;
- turfirmaga yuborilgan ariza va uning javobi.
4. Talab qanoatlantirilmasa, tegişli taşkilotlarga murojaat qiling.
Agar turfirma qonuniy talabni bajarmasa yoki asossiz ravişda pulni qaytarişdan boş tortsa, isteʼmolçi huquqlarini himoya qiliş vakolatiga ega davlat organiga yoki isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamoat birlaşmalariga murojaat qilişi mumkin.
Şuningdek, öz huquqlarini sud orqali himoya qiliş huquqi ham mavjud.
Şartnoma tuzişdan oldin nimalarga eʼtibor beriş kerak?
Keyinçalik pulni qaytariş bilan boğliq muammolarga duç kelmaslik uçun turistik xizmatni sotib olişdan oldin quyidagi tavsiyalarga amal qiliş lozim:
1. Turfirmaning rasmiy faoliyati, rekvizitlari va şartnoma tuziş vakolatini tekşiring.
2. Şartnomani öqimasdan imzolamang, ayniqsa uni bekor qiliş va pulni qaytarişga oid bandlarini diqqat bilan örganing.
3. Safar narxiga aviaçipta, mehmonxona, ovqatlaniş, transfer, suğurta va boşqa xizmatlar kiritilgan-kiritilmaganini aniqlang.
4. Safarni bekor qilişda qöllaniladigan şartlar, tölovni qaytariş tartibi va muddatini oldindan kelişib oling.
5. Tölovni imkon qadar rasmiy tölov vositalari orqali amalga oşiring va tasdiqlovçi hujjatlarni saqlang.
6. Turistik yöllanma (vauçer), aviaçipta va boşqa zarur hujjatlarni oling.
Eʼtiborli jihati şundaki, 433-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 21-bandida turistik xizmatlar şartnomasida turoperator yoki turagentning nomi, manzili, faoliyat yönalişi va litsenziya raqami, turizm mahsulotining narxi, tölov tartibi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, şartnomani özgartiriş va bekor qiliş şartlari kabi maʼlumotlar nazarda tutilişi belgilangan.
Şuningdek, mazkur Nizomning 28-bandiga muvofiq, turoperator yoki turagent safar boşlanişidan kamida 24 soat oldin buyurtmaçiga asl şartnoma, turistik çipta, vauçer va turistik mahsulot tarkibiga kiritilgan xizmatlardan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi boşqa hujjatlarni taqdim etişi şart.
Xulosa: safarga pul tölaşdan oldin huquqingizni ham öylang!
Turizm xizmatlari bozorining rivojlanişi, şubhasiz, ijobiy jarayon. Biroq bu sohada isteʼmolçilarning huquqlari işonçli himoya qilinişi, turistik kompaniyalar esa öz zimmasiga olgan majburiyatlarni masʼuliyat bilan bajarişi kerak.
Isteʼmolçilar ham bir haqiqatni unutmasliklari lozim: turistik safar uçun pul tölaş bilan boğliq munosabatlar oddiy oğzaki kelişuv emas, balki muayyan huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiradigan şartnomaviy munosabatlardir.
Şuning uçun şartnoma tuzişda şoşilmaslik, uning har bir bandini öqib çiqiş, ayniqsa safarni bekor qiliş va tölangan mablağni qaytariş şartlarini oldindan aniqlaş zarur.
Eng muhimi, turistik xizmatdan foydalanişda yuzaga kelgan har qanday nizoda isteʼmolçi öz huquqlarini bilişi va ularni qonun doirasida himoya qila olişi kerak. Çunki huquqiy savodxonlik — isteʼmolçi manfaatlarini himoya qilişning eng muhim vositasidir.
























