Выберите язык

Elektr to‘lovi bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi fuqaro elektr energiyasi uchun to‘lov bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammo yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Namangan viloyati Chortoq tuman jamiyatiga og‘zaki murojaat qildi.

Mazkur murojaat tuman jamiyati mas’ullari tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.
O‘rganishlar davomida iste’molchining elektr energiyasi uchun to‘lov bilan bog‘liq qarzdorlik masalasi ijobiy hal etilib, tegishli to‘lov hujjati rasmiylashtirildi hamda yuzaga kelgan muammo joyida bartaraf etildi.

Natijada fuqaroning murojaati o‘z yechimini topib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening