Выберите язык

   Har yili 18-noyabr sanasi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy sana sifatida nishonlanadi. Aynan shu kuni, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan.
🇺🇿 Davlat bayrog‘i — mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy o‘zligimizning muqaddas ramzidir. Unda xalqimizning tarixi, orzu-intilishlari, ezgu maqsadlari va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam.
🔹 Bayrog‘imizdagi moviy rang — musaffo osmon va hayot manbai bo‘lgan suvni, oq rang — tinchlik va poklikni, yashil rang esa tabiat va yangilanishni ifodalaydi.
🔹 Qizil chiziqlar hayotiy kuch va jo‘shqinlik ramzi hisoblanadi. Yarim oy xalqimizning tarixiy an’analari va mustaqillikni, o‘n ikki yulduz esa qadimiy qadriyatlarimizni aks ettiradi.
⚖️ Davlat bayrog‘iga hurmat — Vatanga, uning mustaqilligi va xalqimizning milliy qadriyatlariga hurmat demakdir.
🤝 Barchamiz uchun aziz bo‘lgan muqaddas bayrog‘imiz doimo yurtimiz osmonida mag‘rur hilpirasin! Mustaqilligimiz, tinchligimiz va xalqimiz birdamligi bardavom bo‘lsin!
🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening