Выберите язык

2,5 million so‘mlik asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Namangan viloyatining Pop tumanida iste’molchiga tabiiy gaz uchun asossiz hisoblangan 2 million 500 ming so‘mlik qarzdorlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati aralashuvi bilan to‘liq bartaraf etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Pop tumanida yashovchi fuqaro tabiiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan uning hisobiga 2 million 500 ming so‘m miqdorida qarzdorlik yozilganidan norozi bo‘lib, mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida iste’molchining tabiiy gazdan foydalanganligi uchun hisoblangan qarzdorligi asossiz ekani aniqlandi. Jamiyat tomonidan olib borilgan tegishli ishlar natijasida 2,5 million so‘mlik qarzdorlik hisob-kitoblardan chiqarilib, muammo ijobiy hal etildi.

Natijada iste’molchining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, asossiz moliyaviy majburiyatdan xalos etilishiga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening