Выберите язык

    Navoiy viloyati Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Oq oltin MFY, Oq oltin qishlog‘i, 141-xonadonda yashovchi fuqaro Narziyev Vahob Sharipovich murojaat qildi.
🔹 Fuqaroning ma’lum qilishicha, 26-oktabr kuni o‘zini gaz ta’minoti xodimi deb tanishtirgan shaxs undan texnik ko‘rik o‘tkazish bahonasida 171 000 so‘m pul undirgan. Biroq, amalda hech qanday texnik ko‘rik ishlari bajarilmagan.
⚖️ Murojaatni o‘rganish davomida pulni undirgan shaxs aslida “Energo Digit” MChJ xodimi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tegishli ishlar olib borilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
✅ Natijada, noqonuniy ravishda undirilgan 171 000 so‘m mablag‘ fuqaro Narziyev Vahob Sharipovichga to‘liq qaytarib berildi.
🤝 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida har bir murojaat e’tiborda. Fuqarolar o‘z huquqlarini bilishlari, shubhali to‘lovlar yoki noqonuniy pul undirish holatlariga duch kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari lozim.
Unutmang! Har qanday xizmat uchun to‘lov qonuniy asosga ega bo‘lishi va belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening