Выберите язык

Boysun tumanida fuqaroning chiqindi xizmati bo‘yicha murojaati o‘rganilib, kompyuter texnik xatosi sabab hisoblangan qarzdorlik yo‘qligi aniqlandi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarda yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Boysun tumanining “Tog‘chi” mahallasida yashovchi fuqaro Sattorov Ziyodullo jamiyatga murojaat qilib, xonadoniga tegishli chiqindi abonent raqami bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblanayotganidan noroziligini bildirgan.

Fuqaroning murojaatiga ko‘ra, 110020380537-sonli chiqindi abonent raqamiga tuman “Tozahudud” AJ korxonasi Boysun tuman filiali tomonidan 2 million 617 ming so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblanib kelinayotgan bo‘lgan. Fuqaroning avval ushbu masala yuzasidan korxona filialiga qilgan murojaati ham e’tiborsiz qolgan.

Mazkur murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tuman “Tozahudud” AJ korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida xonadonga tegishli abonent raqami kompyuter-texnik xatolik sabab noto‘g‘ri ko‘rsatilgani aniqlandi. Shu sababli fuqaroning mazkur abonent raqamida qarzdorligi mavjud emasligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Tozahudud” AJ xodimlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari hamda fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Natijada fuqaroning 2 million 617 ming so‘mlik noreal qarzdorlik bilan bog‘liq muammosiga oydinlik kiritildi. Murojaatni o‘rganish orqali hisob-kitobdagi texnik xato aniqlanib, iste’molchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

Mazkur holat kommunal xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri yuritish, fuqarolarning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish va aniqlangan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening