Выберите язык


Nosoz changyutgich yangisiga almashtirildi


Yangiqo‘rg‘on tumanida iste’molchining huquqi tiklandi.
Fuqaro joriy yilning 15-avgust kuni tuman hududidagi savdo do‘konlaridan biridan 1 million 600 ming so‘mga changyutgich xarid qilgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, texnikadan foydalanish jarayonida uning qizib ketishi va talab darajasida ishlamasligi ma’lum bo‘lgan.

Iste’molchi muammoni hal qilish maqsadida savdo nuqtasiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala ijobiy yechim topmagan. Shundan so‘ng fuqaro 21-avgust kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali yordam so‘ragan.

Murojaat Yangiqo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparati tomonidan o‘rganildi. Mutaxassislar ishtirokida changyutgich nazoratdan o‘tkazilganda, uning haqiqatan ham ishlash vaqtida qizib ketishi aniqlangan.

Olib borilgan tushuntirish va amaliy ishlar natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilib, nosoz changyutgich xuddi shu turdagi sifatli yangi changyutgichga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening