Выберите язык

🛒 Mirbozor bozorida o‘rganish ishlari olib borildi
Narpay tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati (IXHJ),  Narpay tumani IIB boshlig‘i hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida Mirbozor bozorida navbatdagi o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida, avvalo, savdo shoxobchalarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo-sotiq jarayonining amaldagi talablarga muvofiqligi hamda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish holati ko‘zdan kechirildi.
🥫 Shuningdek, savdo nuqtalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, mahsulotlarning tegishli sharoitlarda saqlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.
💰 Mahsulotlarning narx-navolari ham monitoring qilinib, iste’molchilarga mahsulotlar to‘g‘risida zarur va to‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, savdo madaniyatini oshirish hamda amaldagi talablarga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✅ Bunday monitoring tadbirlari bozorlarda iste’molchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, sifatli mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening