Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Parkent tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bayramona tadbir tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan Parkent tumani Tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan tayanch guruh rahbari hamda Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga samimiy bayram tabrigi yo‘llanib, ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligining qadr-qimmati, xalqimizning tinch va farovon hayoti, shuningdek, turli sohalarda sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Ayniqsa, tibbiyot sohasi vakillarining inson salomatligini asrash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlariga e’tibor bilan yondashish borasidagi mehnati yuksak e’tirofga loyiq. Shu bois bayram arafasida tibbiyot jamoasi vakillariga bildirilgan bunday e’tibor va samimiy tilaklar ularning sharafli faoliyatiga munosib hurmat ifodasidir.
Parkent tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir nafaqat bayram kayfiyatini ulashdi, balki turli sohalarda mehnat qilayotgan insonlarni qadrlash, ularning xizmatlarini e’tirof etish va jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llangan ezgu tilaklar va topshirilgan esdalik sovg‘alari tadbir ishtirokchilarida ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Parkent tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu kabi ezgu tashabbuslarning davom ettirilishi, aholi va turli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
📞 1091 — Yagona ishonch telefoni
🌐 murojaat.istemol.uz

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening