Выберите язык

Urganch tumani Mevazor MFYda yashovchi fuqaro S.Q. Urganch shahar P.Maxmud ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan Samsung Galaxy A56 rusumli mobil telefon xarid qilgan.

Foydalanish jarayonida telefonda nosozlik kuzatilganligi sababli fuqaro O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.

Mazkur murojaat Urganch shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste'molchi manfaatlarini ta'minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Natijada iste'molchining nosoz Samsung Galaxy A56 rusumli telefoni Samsung Galaxy A57 rusumli yangi telefonga almashtirib berildi.

Shu tariqa murojaat ijobiy hal etilib, iste'molchining qonuniy huquq va manfaatlari ta'minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening