Выберите язык

Shovot tumani Archazor MFYda yashovchi fuqaro J.A. Urganch shahrida joylashgan savdo do‘konlaridan biridan 14 500 000 (o‘n to‘rt million besh yuz ming) so‘mga “Feysal” rusumli mototsikl xarid qilgan.

Biroq mototsikldan foydalanish jarayonida uning yurish masofasi hamda sotuvchi tomonidan aytilgan tezlik ko‘rsatkichlariga mos ravishda harakatlanmayotgani ma’lum bo‘lgan. Shu sababli fuqaro Urganch shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada “Feysal” rusumli mototsikl uchun iste’molchi tomonidan to‘langan 14 500 000 (o‘n to‘rt million besh yuz ming) so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening