Выберите язык

Yuksak e’tirof — sharafli mehnat va fidoyilikning munosib samarasi

Joriy yilning 27-avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining faol va tashabbuskor vakillarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi o‘rinbosari – ijrochi direktori Rahmatov Dilshod Doniyarovich hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoatchilik manfaatlarini ilgari surish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va NNTlar faoliyatini rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan 80 nafardan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandilar.

 “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni — mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyat ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan insonlarning mehnatiga berilayotgan yuksak bahoning yorqin ifodasidir.

Mazkur mukofot Rahmatov Dilshod Doniyarovichning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga ko‘maklashish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatining munosib e’tirofidir.

Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik manfaatlarini ifoda etish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Shu ma’noda, mazkur yuksak mukofot nafaqat erishilgan natijalarning e’tirofi, balki kelgusida ham xalq manfaatlari yo‘lida yanada katta mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik bilan faoliyat olib borishga undovchi ulkan rag‘batdir.

✨ Rahmatov Dilshod Doniyarovichni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz bundan buyon ham munosib natijalar bilan davom etsin!

El-yurt xizmatidagi fidokorona mehnatingiz doimo qadrlanib, yangi yutuqlar va yuksak e’tiroflar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening