Выберите язык

    SHARTNOMA BUZILSA: ISTE’MOLCHI PULINI QANDAY QAYTARADI?
Uy-joy qurilishi sohasida ulushdorlik asosida xonadon xarid qilishda shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi fuqarolarga jiddiy muammolar tug‘dirishi mumkin.
  Masalan, Zarafshon tumanlararo sudida ko‘rilgan ishda fuqaro G‘. Komilov “QIZILQUM OLTIN QURILISH” MChJ bilan xonadon qurish bo‘yicha shartnoma tuzib, 203 million 840 ming so‘mni to‘liq to‘lagan. Quruvchi majburiyatini bajarmagach, shartnoma bekor qilinib, mablag‘ni qaytarish kelishilgan. Biroq MChJ pulni qaytarmagan.
   Natijada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaro manfaatini ko‘zlab sudga murojaat qildi. Sud iste’molchining talabini qonuniy deb topib, to‘langan mablag‘ni undirishga qaror qildi.
   Xulosa: shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish va to‘lagan pulini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Buning uchun barcha to‘lov hujjatlarini saqlab, tegishli organlar yoki sudga murojaat qilish lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening