Выберите язык

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarorida “Maqbul sifatda almashtirilmaydigan tovar-mahsulotlar” ro’yxatidan tilla buyumlari joy olgan. Ayrim tadbirkorlar “maqbul sifatda” degan jumlaga e’tibor qaratmasdan, tilla buyumlar qaytarib olinmaydi qabilida ish tutishadi.

Qorako’l tumanida yashovchi fuqaro Q.A 24 million so’mga, muddatli to’lov evaziga “I *** “ diskontidan tilla buyumlar xarid qilgan. Ammo buyumlarni tekshirtirgach, zaruriy sifatga ega emasligini aniqlagan. Holat bo’yicha amaliy yordam so’rab Qorako’l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Qorako’l tuman jamiyati xodimlari murojaatni o’rganish jarayonida savdo do’kon mas’ullariga qonunchilik atroflicha tushuntirilgach, shartnoma bekor qilindi va boshlang’ich to’lov iste’molchiga qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening