Выберите язык

Aholining kundalik hayotida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish muhim o‘rin tutadi. Mahsulot tanlash jarayonida e’tiborsizlik iste’molchi salomatligiga zarar yetkazishi, shuningdek moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli iste’molchilar xarid vaqtida ayrim muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Avvalo, xarid qilinayotgan mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati tekshirilishi shart. Yaroqlilik muddati o‘tgan, yorlig‘i o‘chirilgan yoki qayta yopishtirilgan mahsulotlarni sotib olish tavsiya etilmaydi. Savdo shoxobchalarida muddati o‘tgan mahsulotlarni sotish qonun hujjatlariga zid hisoblanadi.

Shuningdek, har bir oziq-ovqat mahsulotida yorliq (etiketka) bo‘lishi va unda mahsulot tarkibi, ishlab chiqaruvchi nomi, manzili hamda saqlash sharoiti ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Tarkibi noma’lum yoki belgilari to‘liq ko‘rsatilmagan mahsulotlarni xarid qilishdan tiyilish kerak.

Tez buziladigan mahsulotlar, xususan go‘sht, sut, kolbasa, baliq va muzlatilgan mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanishi zarur. Agar savdo joyida sanitariya holati talabga javob bermasa yoki mahsulotlar ochiq holda saqlanayotgan bo‘lsa, bunday mahsulotlarni xarid qilmaslik tavsiya etiladi.

Xarid amalga oshirilgandan so‘ng iste’molchi albatta chek yoki kvitansiya talab qilishi kerak. Chek iste’molchining huquqlarini himoya qiluvchi asosiy hujjat bo‘lib, mahsulot sifati bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda uni qaytarish yoki almashtirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir iste’molchi sifatli va xavfsiz mahsulot olish, tovar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish hamda yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening