Выберите язык

   Nurota tumanida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.
Nurota tumani Qizilcha mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S.A.V. tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, savdo do‘konidan 25 million so‘mga xarid qilgan iPhone 17 Pro Max rusumli mobil telefonida sifat bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganini bildirdi.
🔹 Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan savdo subyekti bilan tegishli tushuntirish va muzokaralar olib borildi.
⚖️ Natijada, iste’molchining haqli talabi qanoatlantirilib, 25 million so‘mlik iPhone 17 Pro Max mobil telefoni sifatli mahsulotga almashtirib berildi.
✅ Ushbu natija iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy talablarini ro‘yobga chiqarish borasidagi amaliy ishlarning yana bir namunasidir.
🤝 Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.
📌 Unutmang, iste’molchi sifatli mahsulot xarid qilishga haqli!
☎️ Huquqlaringiz buzilgan taqdirda, 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling.
ISTE’MOLCHI HUQUQI — QONUN HIMOYASIDA!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening