Выберите язык

        Xatirchi tumanida iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi.
Xatirchi tumani Dehqonobod MFY, Xo‘ja qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.M. jamiyatning «Ishonch telefoni»ga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
🔹 Murojaatda bayon qilinishicha, fuqaro qo‘shni G‘alabek MFY hududida joylashgan AKFA ustaxonasiga xonadoniga rom va tunukalar o‘rnatib berish uchun 2 000 000 so‘m naqd pul bergan.
Ustaxona ishchilari bir kun ichida buyurtmani bajarib, rom va tunukalarni o‘rnatib berishgan. Biroq ko‘rsatilgan xizmat sifati fuqaroning kutganidek bo‘lmagan. Xususan, o‘rnatilgan tunukalarning o‘lchamlari noto‘g‘ri kesilgani, romning ham sifati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan.
🔹 Shundan so‘ng fuqaro ustaxonaga murojaat qilib, nuqsonlarni bartaraf etish, romni almashtirib berish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Ammo ustaxona xodimlari uning talabini rad etgan. Natijada fuqaro o‘z muammosini hal etish maqsadida Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
⚖️ Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilib, ustaxona mas’ullariga iste’molchining huquqlari va qonuniy manfaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Natijada ustaxona ishchilari vaziyatni to‘g‘ri anglab, fuqaroning 2 000 000 so‘mlik tunuka va romlarini yangisiga, sifatlisiga almashtirib berishdi.
🤝 Шу tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi.
Unutmang! Iste’molchi sifatli tovar va xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda, befarq bo‘lmang va tegishli tashkilotlarga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening