1 MILLION 159 MING SO‘MLIK BAHSLI QARZDORLIK: NAMANGANDA ISTE’MOLCHI HUQUQI SUD ORQALI HIMOYA QILINDI
Ko‘rsatilmagan xizmat uchun ham pul to‘lash kerakmi? Namangan viloyatining Chust tumanida chiqindi xizmatlari uchun hisoblangan qarzdorlik yuzasidan kelib chiqqan nizo sudgacha yetib bordi. Natijada iste’molchining huquqlari himoya qilinib, xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuklatildi.
Bugun ayrim iste’molchilar kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va hisob-kitoblarning to‘g‘riligi yuzasidan e’tirozlar uchrab turibdi. Ayniqsa, amalda foydalanilmagan yoki lozim darajada ko‘rsatilmagan xizmat uchun qarzdorlik hisoblanishi fuqarolarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Ana shunday holatlardan biri Namangan viloyatining Chust tumanida kuzatildi.
XIZMAT KO‘RSATILMAGAN, AMMO QARZDORLIK HISOBLANGAN
Chust tumani Baymoq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.Mirzaxmedovga qattiq va maishiy chiqindilarni yig‘ish hamda olib chiqib ketish xizmati uchun 2024-yil may oyidan 2026-yil oktabr oyiga qadar 1 million 159 ming 600 so‘m qarzdorlik hisoblangan.
Biroq fuqaroning murojaatiga ko‘ra, mazkur davrda shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar lozim darajada bajarilmagan.
Tabiiy savol tug‘iladi: agar xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, iste’molchidan qanday asosda pul talab qilinmoqda?
Fuqaro ushbu masalada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Namangan viloyati hududiy birlashmasi Chust tumani jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida «Orif Nurli Kelajak» MChJga nisbatan sudga da’vo arizasi kiritildi.
MASALAGA SUD NUQTA QO‘YDI
2026-yil 2-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Chust tumanlararo sudida mazkur fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi.
Sud majlisida iste’molchi manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot vakili da’vo talablarini qo‘llab-quvvatladi. Javobgar korxona vakili esa tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lsa-da, sud majlisida ishtirok etmadi. Shu sababli ish sirtdan ko‘rib chiqildi.
Sud ish materiallarini o‘rganib, da’vo talablarini qanoatlantirdi.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra:
«Orif Nurli Kelajak» MChJ zimmasiga iste’molchi M.Mirzaxmedovga 2024-yil may oyidan 2026-yil yanvar oyiga qadar hisoblangan 1 159 600 so‘mlik qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuklatildi.
Javobgar korxonadan davlat foydasiga 440 ming so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.
MILLION 159 MING SO‘MLIK BAHSLI QARZDORLIK: NAMANGANDA ISTE’MOLCHI HUQUQI SUD ORQALI HIMOYA QILINDI
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 6
























