Выберите язык

   Navbahor tumani Saroy MFY, Katta qishloq ko‘chasi, 2-uyda yashovchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro F.X. iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
🔹 Murojaatchining ta’kidlashicha, unga 2023-yildan buyon “Toza hudud” tizimida “Mironshoh Servis” MCHJ tomonidan ko‘rsatilmagan xizmat uchun 343 000 so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblangan.
⚠️ Fuqaro mazkur qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida turli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala o‘z yechimini topmagan.
⚖️ Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaat bilan chiqdi. Murojaat yuzasidan Respublika “Toza hudud” mas’ullari bilan bog‘lanilib, holat o‘rganildi.
✅ Natijada fuqaroning ma’lumotlari tegishli bazadan chiqarilib, 343 000 so‘mlik noreal qarzdorlik to‘liq bartaraf etildi.
🤝 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy vazifalardan biridir.
📞 Muammoingiz hal etilmayaptimi? 1091 qisqa raqamiga murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening