Koson tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
Koson tumanida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Belgilangan tartibga muvofiq, har besh yilda bir marotaba o‘tkaziladigan ushbu konferensiyada jamiyatning o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Konferensiya davomida jamiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va iste’molchilar manfaatlarini qonuniy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan tayanch guruhlarining faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Tayanch guruhlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berish, muammoli masalalarni aniqlash hamda murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tayanch guruhlari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning aholi bilan bevosita muloqotini kengaytirish, iste’molchilarning huquqiy xabardorligini oshirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Konferensiyada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, jamiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, iste’molchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, tayanch guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va aholining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya yakunida jamiyat faoliyatini yanada rivojlantirish, tayanch guruhlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
























