Выберите язык

Uzun tumanida yashovchi fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari tiklandi. 

Fuqaro tomonidan xarid qilingan bolalar elektron mashinasida nosozlik aniqlangach, masala Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, iste’molchi foydasiga hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Uzun tumanida faoliyat yurituvchi “TEXNOMAKON” savdo do‘konidan farzandi uchun 4 800 000 so‘m qiymatidagi bolalar elektron mashinasini xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida unda nosozlik borligi, ya’ni belgilangan tartibda ishlamasligi aniqlangan. Xarid qilingan mahsulotning talab darajasida bo‘lmagani iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng fuqaro amaliy yordam so‘rab Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, mutaxassislar tomonidan holat atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlar, xarid qilingan mahsulot holati hamda savdo do‘koni mas’ullari bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Tuman jamiyati tomonidan olib borilgan tushuntirish va amaliy chora-tadbirlar natijasida masala ijobiy yechim topdi.

Natijada fuqaro tomonidan 4 800 000 so‘mga xarid qilingan nosoz bolalar elektron mashinasi “TEXNOMAKON” savdo do‘koni tomonidan yangisiga almashtirib berildi. Shu tariqa iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, uning buzilgan huquqi tiklandi.

Mazkur holat xarid jarayonida har bir iste’molchi mahsulot sifati, kafolat muddati, to‘lov hujjatlari hamda mahsulotning foydalanishga yaroqliligiga alohida e’tibor qaratishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Agar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa, iste’molchi qonunchilikda belgilangan tartibda uni almashtirish, ta’mirlash yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

Uzun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

 

                                                                                                                   O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening