Выберите язык

Ba’zan birgina murojaat ortida bir oilaning muammosi, bir insonning tashvishi va uning adolatga bo‘lgan ishonchi yotadi. Shu bois Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaatga alohida mas’uliyat bilan yondashilmoqda.
Yaqinda Parkent tumanida yashovchi fuqaroning maishiy texnika bilan bog‘liq murojaati Yuqori Chirchiq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Mutaxassislar iste’molchi bilan bevosita uchrashib, muammoning asl sabablarini aniqladi hamda sotuvchi bilan muzokaralar olib bordi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchining e’tirozi asosli deb topildi va muammo ijobiy hal etildi. Fuqaroning qonuniy manfaatlari tiklanib, murojaatda ko‘tarilgan masala o‘z yechimini topdi.
Eng muhimi, bu faqat bitta murojaat emas. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimi tomonidan har kuni fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ularning huquqlarini tiklash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Zarurat tug‘ilganda mutaxassislar joyiga chiqib, holatni bevosita o‘rganadi va qonunchilik doirasida yechim topishga ko‘maklashadi.
Ko‘pchilik fuqarolar o‘z huquqlarini bilmagani yoki murojaat qilish tartibidan xabardor bo‘lmagani sababli ayrim muammolar yechimsiz qolib ketmoqda. Aslida esa har bir iste’molchi sifatsiz tovar, lozim darajada ko‘rsatilmagan xizmat yoki boshqa qonunbuzarlik holatlarida o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatiga ega.
Shu munosabat bilan fuqarolarni o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolib ketmaslikka chaqiramiz. Agar siz ham iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, murojaat qiling. Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning ishonchi va adolatga bo‘lgan umidi turadi.
📞 1091 — qisqa ishonch raqami
🌐 @Toshkentviloyati1091IHHQJ
Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Matbuot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening