Выберите язык

Bugun 9-iyun kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi S.Mirzadiyarov hamda Uchtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi A.Abuqodirov hamkorligida Uchtepa tumanida joylashgan 24-son va 25-son oilaviy poliklinikalar rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish madaniyatini yuksaltirish, Federatsiya faoliyati haqida keng targ‘ibot olib borish hamda poliklinika xodimlari a’zolikka jalb etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro Federatsiya a’zoligiga jalb qilish  hamda  hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening