Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga fuqaro E.I. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi “Flavless Buziness” MChJdan “Arsenal” nomli mahsulotning 5 ta qutisini xarid qilgan va buning uchun jami 2 million 400 ming so‘m to‘lov amalga oshirgan. Mahsulot iste’mol qilingandan so‘ng nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani sababli iste’molchi sotuvchi korxonaga murojaat qilib, mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarishni talab qilgan. Biroq murojaat korxona tomonidan qanoatlantirilmagan.

Mazkur murojaat Toshkent shahar Shayxontohur tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida tomonlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, korxona vakillariga iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va ularga rioya etishning muhim jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilib, “Flavless Buziness” MChJ tomonidan mahsulot uchun to‘langan 2 million 400 ming so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.

 Toshkent shahar Shayxontohur tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini tiklash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening