O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Toshkent shahar hududiy birlashmasiga joriy yilning 1-iyun kuni Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali fuqaro M.Sh. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi 2026-yil 17-aprel kuni “IMZO Showroom” korxonasidan qiymati 677 AQSH dollariga teng bo‘lgan oyna mahsulotini xarid qilgan. Biroq buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng korxona tomonidan iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga boshqa turdagi mahsulot yetkazib berilgan.
Iste’molchi tomonidan ushbu holat yuzasidan korxonaga bir necha bor murojaat qilinib, buyurtmaga muvofiq mahsulotni yetkazib berish yoki yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish so‘ralgan. Shunga qaramay, korxona tomonidan masala ijobiy hal etilmaganligi hamda iste’molchining qonuniy talablari qanoatlantirilmaganligi ma’lum qilingan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Yunusobod tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan iste’molchi hamda korxona vakillari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, muammoni ijobiy hal etish maqsadida tomonlar o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi va amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ko‘rilgan choralar va olib borilgan ishlar natijasida yuqoridagi murojaat ijobiy hal etildi. Xususan, fuqaro M.Sh. korxonadan qiymati 339 AQSH dollariga teng bo‘lgan oyna mahsulotini qabul qilib oldi hamda mahsulot qiymatidagi farq uchun qolgan 3 million 600 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 16
























