Выберите язык

Namangan viloyati IHHQ hududiy birlashmasi tomonidan tuman va shahar jamiyatlari mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlari o`tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda tezkor hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, nomenklatura hujjatlarini yuritish, hisobotlar tayyorlash, monitoring, kuzatuv va o‘rganish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ham mutaxassislarga zarur tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot davomida amaliy faoliyatda uchrayotgan dolzarb masalalar, jumladan, murojaatlarni sud tartibida ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash va sudga yuborish tartibi yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening