Qiziriq tumanida fuqaroning mobil telefon bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Qiziriq tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Sherobod tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro Shoqo‘chqorova Durdona tomonidan yo‘llangan.
Fuqaro Qiziriq tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati boshqaruvi nomiga yozma ariza bilan murojaat qilib, 4 500 000 so‘mlik sifatsiz qo‘l telefonini almashtirib berish masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat 2026-yil 16-sentabr kuni jamiyatning “Ariza va shikoyatlar” daftariga № ASH/Sh-09-son bilan qayd etilib, jamoatchilik tartibida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish yakunida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, murojaat muallifining tashakkurnomasiga ko‘ra, masala ijobiy hal etilib, fuqaroning murojaati nazoratdan chiqarilgan.
Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sifatsiz mahsulot bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor xarid qilgan mahsulotida sifat bilan bog‘liq kamchilik aniqlangan taqdirda, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
























