Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish iste’molchilar huquqlarini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Zarafshon shahar jamiyatiga fuqaro A. Amonov tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Zarafshon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorga temir darvoza tayyorlab berish bo‘yicha buyurtma bergan. Tadbirkor buyurtmani bajarish uchun oldindan 4 million 600 ming so‘m to‘lovni qabul qilib, darvozani 10 kun muddatda tayyorlab berishini ma’lum qilgan.
Belgilangan muddatda temir darvoza iste’molchiga yetkazib berilgan. Biroq, mahsulot sifati va undagi kamchiliklar iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Mazkur murojaat Zarafshon shahar ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tadbirkor bilan olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida temir darvozadagi barcha nuqsonlar bartaraf etildi hamda iste’molchining xonadoniga sifat talablariga javob beradigan temir darvoza yetkazib berilishiga erishildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. Iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin
4 MILLION 600 MING SOʻMLIK TEMIR DARVOZA NUQSONLARI BARTARAF ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 156
























