Выберите язык

Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining 1091 qisqa ishonch telefoniga Olmaliq shahri, Chambil MFY, Muqimiy ko‘chasi 77-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Y.Sh. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro yashash hududida qariyb 4 oy davomida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, mazkur muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilingan bo‘lsa-da, amaliy natija bo‘lmaganini bildirgan.

Mazkur murojaat Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan nazoratga olinib, belgilangan tartibda Olmaliq shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar atroflicha tahlil qilinib, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Suv tarmog‘idagi mavjud nosozliklar bartaraf etilib, texnik holat qayta ko‘rib chiqildi hamda fuqaro yashab turgan xonadonning ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanishi tiklandi.

Natijada murojaatchining muammosi ijobiy hal etilib, xonadon qayta ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ta’kidlash joizki, iste’molchilarni sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan muhim huquqlardan biri hisoblanadi. Shu bois, Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening