Выберите язык

YAKKA TARTIBDA HAMDA INKLYUZIV TA’LIM OLUVCHILAR HOLATI O‘RGANILDI

Federatsiya raisi tomonidan 2026-yil 22-aprel kuni qabul qilingan 03/01-54-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi tomonidan joylarda yakka tartibda hamda inklyuziv ta’lim oluvchilar holati yuzasidan jamoatchilik monitoringlari o‘tkazilmoqda.

 hududiy birlashma raisi O.Boyboyev hamda Pop tuman jamiyati mutaxassislari ishtirokida Pop tumanidagi “Qushminov” MFY hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Monitoring jarayonida mahallada yashovchi, 60-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Yo‘lchiyeva Bonuxonning holati o‘rganildi. O‘quvchining yaqinlari tomonidan Namangan viloyati hududiy birlashmasi raisiga elektron aravacha masalasida og‘zaki murojaat qilingan.

Murojaat yuzasidan Pop tuman Nogironlar jamiyati  hamda mahalla ijtimoiy xodimlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilib, o‘quvchiga elektron aravacha yetkazib berilishiga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening