Выберите язык

O‘rganish jarayonida uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning yashash sharoiti, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, dars jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning bilim olish darajasi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning belgilangan jadval asosida tashrif buyurishi, darslarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tilishi alohida e’tiborga olindi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning darsliklar va zarur o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasi, mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ham o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim ota-onalar tomonidan bildirilgan murojaatlar ham joyida ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, darsliklar bilan ta’minlash hamda o‘qituvchilar tashrifini jadallashtirishga oid masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi va murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Mazkur o‘rganish ishlari uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olish huquqlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening