Выберите язык

400 MILLION SO‘M ISTE’MOLCHILARGA QAYTARILDI

O‘zbekiston “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat ijobiy hal etildi.
Fuqarolar yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olish maqsadida shartnoma tuzib, har biri 
200 million so‘mdan, jami 400 million so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan.
Keyinchalik moddiy imkoniyatlari sababli qolgan to‘lovlarni amalga oshira olmasliklarini hisobga olib, boshlang‘ich to‘lovlarni qaytarish yuzasidan bir necha bor murojaat qilishgan. Biroq mablag‘larini qaytarib ololmagach, Federatsiyaning 
1091 ishonch telefoni orqali amaliy yordam so‘rashgan.
Davlatobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining aralashuvi natijasida fuqarolar tomonidan uy-joy xaridi uchun to‘langan jami 400 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening