Выберите язык

Nosoz muzlatkich yangisiga almashtirildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali 2026-yil 12-avgust kuni Qorakulcha MFY, Xudoyqul obot qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.Z. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatchi savdo do‘konidan muzlatkichni muddatli to‘lov asosida xarid qilgani, biroq xarid qilingan muzlatkich nosoz chiqqanidan norozi ekanligini bildirgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan savdo do‘koniga borilib, holat o‘rganildi. O‘rganish jarayonida savdo do‘konining mas’ul xodimlariga iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Natijada murojaatchining talabi inobatga olinib, nosoz muzlatkich o‘rniga yangi muzlatkich almashtirib berildi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining huquqlari tiklandi. Murojaatchi ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening