Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning ishonch telefoni orqali Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi o‘quv markazlaridan birining xatti-harakatlaridan norozilik bildirgan. Jumladan, fuqaro o‘z nomiga o‘quv kursini xarid qilish uchun kredit limiti rasmiylashtirilib, tegishli shartnoma tuzilganini, biroq keyinchalik shartnomani bekor qilish istagini bildirganida, o‘quv markazi tomonidan rad javobi berilganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Mirobod tuman jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida o‘quv markazi vakillari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shartnomaviy munosabatlarda qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Xususan, “Uzum marketda 0 dan daromadgacha” o‘quv kurslari uchun “Uzum Nasiya” orqali 5 990 000 so‘m miqdorida rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilindi.
Ushbu holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening