Выберите язык

PAYARIQ TUMANIDA 5 YILLIK FAOLIYAT SARHISOBI

Payariq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruh rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚖️ Yig‘ilish davomida jamiyatning so‘nggi 5 yillik faoliyati atroflicha sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, iste’molchilarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yig‘ilishda tayanch guruh rahbarlarining jamiyat faoliyatidagi o‘rni va mas’uliyati, aholi bilan yaqindan hamkorlik qilish, iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

✅ Tadbir yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda tayanch guruhlar faoliyatini yanada faollashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan vazifalar kelgusida iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, aholi manfaatlarini ta’minlash va jamiyat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening