Выберите язык

TAYLOQ TUMANIDA 5 YILLIK FAOLIYAT SARHISOBI

📄 Tayloq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruh rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.

⚖️ Yig‘ilishda jamiyatning so‘nggi 5 yillik faoliyati tahlil qilinib, shu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilgan faoliyat natijalari muhokama etildi.

📌 Shuningdek, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbir davomida tayanch guruh rahbarlarining jamiyat faoliyatidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, aholi bilan hamkorlikni mustahkamlash va iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda tayanch guruhlar faoliyatini faollashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan vazifalar kelgusida iste’molchilar huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish hamda jamiyat faoliyatini izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening