Выберите язык

Nukus shahrida yashovchi fuqaro M.Z "I" savdo do‘konidan kir yuvish mashinasini sotib olgan edi. Lekin quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi - xarid qilingandan so‘ng oradan 2 kun o‘tar-o‘tmas nosozligi aniqlanib, ishlamay qoldi.

Fuqaro bu muammo bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga (95-601-10-91) murojaat etgan.

🔍 Murojaat qanday hal etildi?

Murojaat asosida Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borilib, "I" savdo do‘koni xodimlariga iste’molchining huquqlari qonun asosida tushuntirildi.

⚙️ Natija:
Olib borilgan amaliy chora-tadbirlar va tushuntirish ishlari natijasida iste’molchining arizasi ijobiy hal etilib, buzilgan kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berildi.
O‘z muammosining qisqa muddatda va ijobiy hal etilganidan quvongan fuqaro Musayeva Zamira jamiyat xodimlariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening