Выберите язык

ISTE’MOLCHINING 7 MILLION SO‘M PULI QAYTARIB BERILDI

✅ Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan navbatdagi murojaat ijobiy hal etildi.

Namangan shahrida yashovchi fuqaro 2022-yilda tadbirkorga umumiy qiymati 30 million 889 ming so‘mlik akva eshiklar tayyorlash uchun buyurtma bergan. 
Biroq buyurtma yuzasidan hisob-kitoblarda 7 million so‘m ortiqcha to‘lov olingani, eshiklarga lak qoplamasi berilmagani hamda hammom eshigi o‘rnatib berilmagani iste’molchining noroziligiga sabab bo‘lgan. 
Shundan so‘ng fuqaro Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

🔎 Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tadbirkor bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, iste’molchidan ortiqcha olingan 7 000 000 (yetti million) so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening