Выберите язык

O‘lchami mos kelmagan 500 ming so‘mlik ko‘ylaklar boshqa mahsulotlarga almashtirib berildi
 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘lida yana bir murojaat ijobiy yechim topdi.
Fuqarolardan biri savdo majmuasidagi do‘kondan xarid qilgan kiyim-kechak mahsulotlarining o‘lchami mos kelmagani sababli ularni almashtirishda amaliy yordam so‘rab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
 Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi har biri 250 ming so‘mdan bo‘lgan ikkita ayollar ko‘ylagini jami 500 ming so‘mga xarid qilgan. Biroq xariddan so‘ng ko‘ylaklarning o‘lchami o‘ziga mos kelmagani sababli ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish zarurati yuzaga kelgan.
Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, savdo majmuasi vakillari hamda do‘kon xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi.
Jarayonda iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, masalani qonuniy tartibda hal etish choralari ko‘rildi.
⚖️ Natijada iste’molchining o‘lchami mos kelmagan, umumiy qiymati 500 ming so‘mlik ikkita ko‘ylagi boshqa mahsulotlarga almashtirib berildi va murojaat joyida ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening