Выберите язык

500 MING SO‘MDAN OSHMAYDI” DEGANDI… 900 MING SO‘M OLINDI, TELEFON ESA BARIBIR ISHLAMADI

Ba’zan oddiygina telefon ta’miri ham iste’molchini sud eshigigacha olib borishi mumkin.
Namangan shahrida yashovchi fuqaro telefonini ta’mirlash uchun ustaga murojaat qiladi. Dastlab ta’mirlash xarajati 500 ming so‘mdan oshmasligi aytiladi. Ammo yakunda iste’molchidan 900 ming so‘m — 200 ming so‘m naqd va 700 ming so‘m karta orqali to‘lov olinadi.
Eng achinarlisi, 900 ming so‘mga “ta’mirlangan” telefon ham to‘liq ishlamagan!

Iste’molchi bu haqda ustaga qayta-qayta murojaat qiladi. Usta esa 900 ming so‘mni qaytarib berishga va’da berib, hatto bu haqda tilxat ham yozib beradi. Biroq belgilangan muddat keladi — pul qaytarilmaydi.

Telefonning ishlamasligi fuqaroning kundalik hayoti va o‘qish jarayoniga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar jamiyatiga murojaat qildi.

Bu murojaat bir kunda hal bo‘lib qolgan masala emas.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat atroflicha o‘rganildi, to‘lovlar, tilxat va boshqa dalillar yig‘ildi, huquqiy asoslar tayyorlandi. Iste’molchining buzilgan huquqini tiklash maqsadida ancha vaqt va mehnat sarflanib, yakunda sudga da’vo arizasi kiritildi.

⚖️ Natija esa iste’molchi foydasiga bo‘ldi!

Sud qaroriga ko‘ra, javobgardan iste’molchi foydasiga:
900 000 so‘m moddiy zarar;
2 000 000 so‘m ma’naviy zarar;
jami 2 900 000 so‘m undirish belgilandi.

Bundan tashqari, ish bilan bog‘liq tegishli sud xarajatlari ham javobgar zimmasiga yuklatildi.
Bir qarashda “atigi telefon ta’miri” bo‘lib ko‘ringan masala ortida iste’molchining puli, vaqti, asabi va qonuniy huquqi turardi.
Biz uchun esa eng muhim natija — fuqaroning buzilgan huquqi tiklangani!

❗️Unutmang: xizmat uchun pul to‘lagan ekansiz, uning sifatli bajarilishini talab qilishga haqlisiz. “Mayli, shuncha pul kuyibdi-da”, deb voz kechmang.

Iste’molchi haq — qonun uning himoyasida!
📞 Huquqingiz buzildimi? 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening