Выберите язык

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda xalq manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida samarali faoliyat olib borayotgan fidoyi xodimlar munosib taqdirlanmoqda.
Ana shunday e’tirofga sazovor bo‘lganlar qatorida Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi ham bor. U iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, muammolarini qonuniy asosda hal etish hamda aholiga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun  ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona mehnat, mas’uliyat va tashabbuskorlikka berilgan yuksak bahodir. Bu e’tirof kelgusida ham fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga befarq bo‘lmasdan, har bir masalani qonuniy va adolatli hal etish yo‘lidagi faoliyatga yangi kuch va rag‘bat bag‘ishlaydi.
Taqdir muborak bo‘lsin! Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening