Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro B.X iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, o‘zining buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘radi.
Fuqaroning murojaatida qayd etilishicha, u Samarqand viloyati Rudakiy ko‘chasida joylashgan qandolat mahsulotlari savdo do‘koni uchun 24 000 000 so‘m qiymatga 2 dona muzlatkich xarid qilgan. Biroq xarid qilingan maishiy texnikalar yetkazib berilgach, ularning shikastlangan holatda ekani aniqlangan.
Shundan so‘ng iste’molchi savdo do‘koniga murojaat qilib, nuqsonli mahsulotlarni yangisiga almashtirish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni so‘ragan. Ammo masala belgilangan muddatda ijobiy hal etilmagani sababli fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotga murojaat qilgan.
Murojaat mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, savdo tashkiloti bilan muzokaralar olib borildi hamda iste’molchining qonuniy talablari yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi. Shu tariqa, 24 000 000 so‘mlik xarid bilan bog‘liq masala iste’molchi foydasiga hal qilindi.
Har bir iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularning buzilishiga befarq bo‘lmasligi muhim. Muammo yuzaga kelgan taqdirda, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi. Pul qaytarildi.
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 39
























