Выберите язык

Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi S.Mirzadiyarov topshirig‘iga asosan hamda buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Hududiy birlashma va Yakkasaroy tuman jamiyati xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan 59-son Oilaviy poliklinikada iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xizmat ko‘rsatish holati, qabul jarayonlarining tashkil etilishi, navbat tizimi, sanitariya-gigiyena talablari hamda muassasa faoliyatiga oid boshqa tashkiliy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yaratilgan sharoitlar, davolash jarayonlari hamda tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ma’lumotnomalar tayyorlandi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening