Выберите язык

   Mehmonxona faoliyatiga baho berishda uning tashqi ko‘rinishi yoki zamonaviy jihozlanganligi bilan bir qatorda, eng avvalo, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mehmon uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, xushmuomala munosabat va sifatli xizmat ko‘rsatish har qanday mehmonxonaning asosiy vazifasidir.
   Shu maqsadda Navoiy viloyati hududida aholi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida tahliliy o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida mehmonxonalarda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi, mehmonlarga taqdim etilayotgan axborotlarning to‘liqligi va xizmat ko‘rsatish madaniyati holati tahlil qilinmoqda.
  Shuningdek, mehmonxonalarda narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi, to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi hamda iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mehmonxona ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa kelgusida mehmonlarga yanada sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish hamda iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Unutmaslik kerakki, mehmonxona ko‘rki binoda emas, xizmatdadir. Mehmonning roziligi esa har qanday mehmonxona uchun eng katta yutuq hisoblanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening