Выберите язык

  Nurota tumani Mustaqillik MFYda yashovchi fuqaro A.E.F. Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga sifatsiz shifer xaridi yuzasidan murojaat qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro 2025-yilda 7 590 000 so‘mga 165 dona shifer xarid qilgan. Uy tomi yopilgach, yog‘ingarchilik vaqtida tomdan suv o‘ta boshlagan va mahsulot sifatsiz ekani ma'lum bo‘lgan. Sotuvchiga qilingan murojaatlar natija bermagach, iste'molchi jamiyatga murojaat qilgan.
  Jamiyat mutaxassislari murojaatni o‘rganib, tadbirkorga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi. Natijada fuqaroning xonadonidagi sifatsiz shiferlar to‘liq yangisiga almashtirib berildi va iste'molchining buzilgan huquqlari tiklandi.
Mazkur holat iste'molchilar o‘z huquqlarini himoya qilishda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish muammolarni qonuniy va adolatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening