Выберите язык

Yangibozor tumani Navbahor MFYda yashovchi fuqaro B.K. tomonidan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda isteʼmolchi 2026-yil yanvar oyida Yangibozor tumanida faoliyat yurituvchi BT MCHJdan 6 000 000 (olti million) soʻm qiymatidagi televizorni xarid qilgani, foydalanish jarayonida esa mahsulotda nuqson yuzaga kelgani bayon etilgan.

Mazkur murojaat Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Yangibozor tuman jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda oʻrganildi. Oʻrganish natijasida isteʼmolchining qonuniy huquqlari tiklanib, televizorga kafolat doirasida servis xizmati ko'rsatildi hamda murojaat ijobiy hal etildi.

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening